Samarqandda shaxmat Olimpiadasi ochilishi bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)

Sport

image

Kecha, 15 sentyabr kuni Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida shaxmat olamidagi eng nufuzli jamoaviy musobaqalardan biri – 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Prezidentning musobaqa ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, FIDE prezidenti vazifasini vaqtincha bajarayotgan Vishvanatan Anand ham so‘zga chiqib, Olimpiada ishtirokchilariga omad tiladi.

Marosimning muhim lahzalaridan biri shaxmat partiyalarini qaysi rangdagi donalar boshlashini aniqlash uchun o‘tkazilgan qur’a tashlash jarayoni bo‘ldi.

Ochilish marosimining badiiy qismi milliy madaniyat va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida tashkil etildi. Shuningdek, tadbirda dronlar shousi ham bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonligidagi 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 397 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan asosiy terma jamoa tarkibi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing