Samarqandda Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston Tashqi ishlar vazirlarining yopiq majlisi boshlandi

Olam

image

Bugun, 13 aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlari konferensiyasi doirasida Rossiya, Xitoy, Eron Tashqi ishlar vazirlari va Pokiston tashqi ishlar davlat vazirining yopiq uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Uchrashuv boshlanishidan oldin Sergey Lavrov, Sin Gang, Husayn Amir Abdullohian va Rabboniy Khar bilan birga suratga tushgan, shundan so‘ng uchrashuv yopiq rejimda davom etgan.

Anjumanda Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari ham ishtirok etadi. Biroq yuqorida aytilgan yopiq majlisda ular qatnashgani haqida ma’lumot berilmagan. Rasmda ham bu 3 mamlakat vazirlari aks etmagan.

Ishtirokchilar Afg‘onistondagi siyosiy tartibga solishga ko‘maklashish, ushbu mamlakatdagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish hamda Qobul ishtirokida transport va energetika loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergey Lavrov Samarqandga kelgandi. Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyadan tashqari ertaga, 14 aprel kuni esa Rossiya Federatsiyasi – Markaziy Osiyo formatidagi vazirlar yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Rossiya Samarqand Eron Xitoy Pokiston Lavrov Tsin' Gang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing