Samarqandda rafiqasi va uning jazmanini pichoqlab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
25 fevral 2021
32424O‘tgan yilning noyabr oyida Samarqand shahrida erkak turmush o‘rtog‘i va uning jazmanini savdo markazida pichoqlab, o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.
42 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ining ortidan kuzatib kelib, uni begona erkak bilan ko‘rgach, savdo markazining o‘zida ularni pichoqlagandi.
Mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqildi.
Sud majlisida prokuror ayblanuvchiga 25 yil qamoq jazosi tayinlashni so‘radi. Jabrlanuvchi tomoni esa ko‘proq muddat so‘radi.
Muzokaralardan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi tomonidan ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandi bilan aybli deb topilib, 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.