Samarqandda profilaktika inspektori pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
10 yanvar 4067 2 daqiqa
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida pora bilan ushlangan profilaktika inspektoriga 3 yil 11 oy 1 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, sudlanuvchi Pastdarg‘om tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelgan. U xizmat mavqeidan foydalangan holda 2025 yil 3 may kuni Pastdarg‘om tumani IIB tezkor vakili R.J. ning ish yurituvida fuqaro J.T. ning Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali YHXB xodimlariga nisbatan haqoratli post qoldirgani holati yuzasidan to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslikni va’da qilgan.
Sudlanuvchi buning evaziga mansabdor shaxsga dastlab 2000 dollar, keyinchalik 800 dollar berishi kerakligini aytib, J.T. ni aldagan. Shundan so‘ng, 2025 yil 3 sentyabr kuni soat 16:20 larda tuman hududida joylashgan avtotransport vositalarini yuvish shoxobchasi oldida oldindan kelishilgan 800 dollar miqdoridagi pullarni qarindoshi orqali olgan paytda ushlangan.
2025 yilning 3 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tumanida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmiga ko‘ra, unga 2 yil muddatga IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan holda 3 yil 11 oy 1 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi 3 ming dollar bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi