Samarqandda pora olishni rad etgan IIB xodimi 15 mln so‘m bilan taqdirlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyatida o‘z xizmat vazifalarini namunali bajarayotgan 10 nafar xodimning ota-onalariga viloyat IIB rahbariyati nomidan tashakkurnomalar va qimmat baho sovg‘alar topshirildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatib, jinoyatchi tomonidan pora tariqasida taklif etilgan 2 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olmasdan, uni ashyoviy dalillari bilan ushlanishiga erishib, qonun ustuvorligini ta’minlagan kapitan U.Sarimovga viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan berilgan 15 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti va uning ota-onasiiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida IIO FMBda xizmat qilayotgan, xizmat intizomi va qonuniylikni buzishga moyillar ro‘yhatiga kiritilgan xodimlar, ularning oila a’zolari hamda rahbarlar ishtirokida ogohlantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing