Samarqandda odamlarni pul evaziga Kanadaga yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
3-sahifa
−
26 mart 2023
5977Davlat Xavfsizlik Xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqaomasi tezkor xodimlari hamkorligida navbatdagi tadbirda 24 ming dollar evaziga odamlarni Kanadaga yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbir davomida 1974 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, hozirda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Sh. o‘ziga yaqin shaxs bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda u va qarindoshini Kanadaga yuborishni va’da qilgan.
Ma’lum qilinishicha, u ushbu “xizmatlari” evaziga har bir fuqaro uchun 12 ming AQSH dollaridan, jami 24 ming AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.
J.Sh. ushbu so‘ralgan puldan 4 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi