Samarqandda odamlar yana ommaviy ravishda zaharlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 49 kishi xot-dogdan zaharlandi. Bu haqda viloyat teleradiokanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish markazida bir ayol va uning 3 nafar voyaga yetmagan nabirasi xot-dog iste’mol qilgan. Nabiralar kechga yaqin ko‘ngil aynishi, tana haroratining ko‘tarilishi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

“Mazkur holat bilan shifoxonaga jami 49 kishi yotqizilgan. Ularning barchasida shahar markazida joylashgan “Fast-food” markazida xot-dog iste’mol qilganidan keyin sog‘lig‘ida o‘zgarish kuzatilgan”, deyiladi xabarda.

Ularni davolayotgan shifokorning aytishicha, shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari davolanmoqda. Ularning ahvoli ancha yaxshi.

Hozirda mazkur ovqatlanish shoxobchasi faoliyati to‘xtatilgan. U yerda ishlatilgan mahsulotlar tekshiruv uchun olingan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan to‘yxonada 41 kishi salatdan zaharlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing