Samarqandda notanish ayolning uyiga kirgan ikki erkak qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ayol kishining uyiga ruxsatsiz kirgan ikki erkakka nisbatan ma’muriy ish ochildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Kattaqo‘rg‘on shahar “G‘aribmasjid” MFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtda N.R. ismli ayol uyiga notanish ikki erkak kirganini aytib, murojaat qilgan. 

Shundan so‘ng, profilaktika inspektorlari ularni ushlamoqchi bo‘lgan paytda qonuniy talablarga bo‘ysunmay, xodimlardan qochishga uringan va faol qarshilik ko‘rsatib janjal chiqargan. 

Fuqarolar ushlanib, Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilgach, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 45- (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 183- (mayda bezorilik), 194-moddaning birinchi qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishiga qarshilik ko‘rsatish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing