Samarqandda Nexia 3 va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
15 iyun
9222Bugun, 15 iyun kuni Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan Nexia 3 va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida ikki fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 12:10 larda Ishtixon tumani “Qirqyigit” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo‘lining 61 kilometrida sodir bo‘lgan. Unda Nexia 3 rusumli avtomobil haydovchisi “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida to‘xtab turgan “ISUZU NQR 71 PL” rusumli yuk avtomashinasining orqa tomonidan kelib urgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda Nexia 3 rusumli avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida, orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi esa olgan tan jarohati oqibatida tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
“Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar – may oylari davomida poytaxt Toshkentda 29 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi