Samarqandda narkokurer talaba 14 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida yosh narkokurerga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, ayblanuvchi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 5 bosqich talabasi bo‘lgan. U 2023 yilning oktyabr oyida asli Tojikiston fuqarosi Sancho ismli yigit bilan tanishgan. Sancho ayblanuvchi bilan WhatsApp orqali bog‘lanib, giyohvand moddalarni ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berishni taklif qilgan. U talabaga xizmati evaziga 1000 AQSH dollari berishni va’da qilgan. Buyurtmachi sudlanuvchiga Samarqand – Toshkent yo‘nalishida joylashgan daraxt tagida “qoradori” yashiringanini, mahsulotni xuddi shu yerdan olishini aytadi.

Sudlanuvchi shu kuni tungi soat 12:20 atrofida o‘ziga biriktirgan vazifani bajarish uchun manzilga keladi.

Talaba yo‘l chetidagi daraxtlar tagiga yashirilgan paket ichida 5 dona o‘ramdagi og‘irligi 5 kg "opiy" giyohvandlik vositasini olgan vaqtida organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Jomboy tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi yigitga nisbatan JKning 59-moddasida belgilangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida xotinini o‘ldirib qo‘ygan erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Rayhona Ulkanabeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

IIV Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing