Farg‘onada rashk tufayli xotinini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi
3-sahifa
−
28 mart
8733Farg‘ona viloyatida xotinini o‘ldirib qo‘ygan erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, voqea o‘tgan yilning 23 mart kuni Rishton tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan. Er-xotin o‘rtasida rashk tufayli janjal kelib chiqqan. Mojaro vaqtida ayblanuvchi xotinini pichoqlab qo‘ygan. Ayol voqea joyida vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tumani sudi erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Cho‘lobod qishlog‘ida yashovchi ayol 7 yashar jiyanini urib o‘ldirgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi