Samarqandda maktab o‘quvchisi mashinada odam urib yubordi
3-sahifa
−
23 may 2023
5992Samarqandda maktab o‘quvchisi otasiga tegishli mashinani boshqarib ketayotib, odam urib yubordi. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Joriy yilning 16 may kuni soat 21:30 lar atrofida Samarqand shahar I.Holdun ko‘chasida 2007 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi otasiga tegishli mashinani boshqarib ketayotib, 52 yoshli fuqaroni urib yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bola tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqaro tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli bolani Matiz urib yuborgandi. Bola olgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan.
LiveBarchasi