Samarqandda “Makarov” pistoletini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
19 yanvar
5192Samarqandda 1 dona “Makarov” pistoleti va uning 96 dona o‘q-dorisini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining xodimlari Jomboy tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan shaxs xaridorga 1 dona “Makarov” pistoleti va uning 96 dona o‘q-dorisini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ushbu fuqaro muqaddam Jinoyat kodeksining 251-1 va 246-moddalari bilan sudlangani ham aniqlangan.
Shuningdek, uning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv harakatlari davomida, foydalanishga yaroqli deb topilgan, kalibri 5,6 mm bo‘lgan eski rusumdagi “Monte Kristo" to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari, o‘tkir tig‘li jismlar hamda boshqa ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.