Samarqandda mahbus qamoqxonadan qochdi
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
8384Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyasida jazoni o‘tayotib, u yerdan qochgan shaxs Buxoroda qo‘lga olindi.
Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Romitan tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan J.G. Romitan tumani Gazli shaharchasi hududida 13 noyabr kuni qo‘lga olingan.
U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan.
Qochib ketgan mahbus 9 oktyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Jinoyatchi Samarqand viloyati IIB JIEBga qarashli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topshirilgan.
LiveBarchasi