Samarqandda koronavirusga chalinganlar soni ortdi

Jamiyat

image

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 nafarga yetdi. Bu haqda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 aprel kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan Samarqand fuqarosi bilan muloqotda bo‘lgan yana ikki nafar shaxsda ham COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan.

“Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 325 nafar shaxs Oqdaryo tumanidagi “Ustoz” sanatoriyasi, Samarqand tumanidagi viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi hamda Payariq tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga joylashtirilib, ularning salomatligi ustidan tibbiy nazorat o‘rnatildi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan bemorlarni belgilangan standartlar bo‘yicha davolash hamda epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 624 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 42 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

679

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing