Samarqandda xotinini ketmon bilan o‘ldirgan er qamaldi
3-sahifa
−
12 noyabr
6284Samarqand viloyatida 23 yoshli xotinini ketmon bilan urib o‘ldirgan er 19 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Aniqlanishicha, holat 2024 yilning 14 iyul kuni soat 21:00 atrofida Urgut tumani G‘oyib ota mahallasida sodir bo‘lgan. Erkak ayolining bosh qismiga xo‘jalik ketmoni bilan urib o‘ldirgan. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, janjalga ayolning qoshini bo‘yagani sabab bo‘lgan. Hozirda oilaning 2 nafar farzandi qarovsiz qolgan. Er sud majlisida bilmay qilgan jinoyati uchun kechirim so‘ragan.
Sud hukmi bilan ayblanuvchi erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi bilan aybdor deb topilib, 19 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 58 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ini xiyonatda ayblab, kelinlari va voyaga yetmagan o‘g‘lining yonida ayolga benzin sepib, yoqib yuborgandi. Sud hukmi bilan sudlanuvchi erkak Jinoyat kodeksining 25- (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining “d" va "j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va unga shu moddalar bo‘yicha 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi