Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” a’zolari qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot tariqasida aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qaroriga asosan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yhatiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Hizb ut-Tahrir

Baholaganlar

590

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing