Samarqandda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olganlar ushlandi
3-sahifa
−
26 mart
3152Samarqand viloyati Oqdaryo va Bulung‘ur tumanlarida MCHJ mas’ul shaxslari hech qanday hujjatlarsiz qum-shag‘al xomashyosini qazib olayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat inspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Unga ko‘ra, “A.G” MCHJ mas’ul shaxslari hech qanday hujjatlarsiz “Kumushkent” va “Xalqobod” MFY chegarasidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosi muhofaza zonasi hududidan “SANY” rusumli ekskavator yordamida jami 13 ming kub hajmdagi qum-shag‘al xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olishib, davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari ma’lum bo‘lgan.
Shu kabi, departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari B.E. “Zarafshon” massivi hududidan baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish uchun ajratilgan 11 gektar yer maydonidan hech qanday hujjatsiz jami 9,5 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olganligi, shuningdek tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulanib, 177,6 mln so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalanganligi fosh etilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida qum xomashyosini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlangan edi.
LiveBarchasi