Samarqandda qorovulni o‘ldirgan erkak 15 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Samarqandda qurilish ob’ektining qorovulini o‘ldirgan 34 yoshli  erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023 yilning iyul oyida Samarqand tumanida joylashgan qurilish ob’ektida qorovul bo‘lib ishlab kelgan erkakning oldiga 1989 yilda tug‘ilgan tanishi kelgan va ular birga spirtli ichimlik ichgan.

Shundan so‘ng, ular o‘rtasida kelishmovchilik chiqib, mast holatda bo‘lgan erkak qorovulni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan va voqea joyidan qochib ketgan.

Qorovulning jasadi voqea joyida bir necha kun qolib ketgan. Uni 2023 yil 15 iyul kuni qurilish ob’ekti atrofida o‘ynab yurgan bolalar ko‘rib qolgan va bu haqda Ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Tezkor surishtiruvlar davomida marhum qashqadaryolik ekani va qurilish ob’ektida ishlab yurgani aniqlangan. Shuningdek, uni o‘ldirgan shaxs kuzatuv kameralariga tushib qolgan va 16 iyul kuni ushlangan.

Holat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” va “j” bandlari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing