Samarqandda qiymati 90 million so‘mga yaqin chorvani o‘g‘irlab ketganlarga hukm o‘qildi

Jamiyat

image

2019 yilning 18 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi E.Xning uyida o‘g‘irlik sodir bo‘ladi. Uning 67 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketishadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu kuni taxminan soat 21:30 larda 53 yoshli Murod N. jinoiy sherigi 34 yoshli Ma’murjon U. bilan o‘zaro jinoiy til biriktiradi. Ular fuqaro E.Xning uyiga o‘g‘irlikka tushib, har birining bahosi 1.300.000 so‘mlik jami 87.100.000 so‘m bo‘lgan 67 bosh qo‘ylarini shu yerdagi qirga haydab borishadi. Ulardan 46 bosh qo‘ylarni “Lasetti” va “Gazel” rusumli yuk avtomashinalariga yuklashib, sig‘may qolgan 21 bosh qo‘ylarni ushbu joyga qo‘yib yuborib, hodisa joyidan yashirinishadi.

Ma’murjon U. qo‘ylarni Buxoro viloyati, Vobkent tumaniga olib borib, tanishi U.X.ga ushbu qo‘ylar o‘ziga tegishli ekanligini aytadi va har birini 930.000 so‘mdan hisoblab, jami 40.920.000 so‘mga sotib yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atiladi.

Ma’murjon U. takroran 2019 yil 31 oktyabr kuni o‘zi sotgan 39.060.000 so‘m bo‘lgan 42 bosh qo‘ylarini va A.X.ga tegishli 1 bosh bahosi 1.000.000 so‘mlik qo‘yini qayta o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jinoyat ishi bo‘yicha Ma’murjon U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari bilan va Murod N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Ma’murjon U. va Murod N.lar tomonidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan. Tergov yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

“Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining 2020 yil 7 yanvardagi hukmiga ko‘ra, Ma’murjon U. va Murod N.lar ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Ma’murjon U.ga nisbatan 3 yil 3 oy muddatga, Murod N.ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat Samarqand chorvani o'g'irlangan

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing