Samarqandda intim videoni tarqatmaslik uchun pul talab qilgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
06 avgust 2021
9807Samarqandda o‘zi bilan jinsiy aloqada bo‘lgan yigitdan 1,5 mln so‘m talab qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ayol yigitga IIBga yozib, oilasi oldida sharmanda qilishini aytib, undan pul talab qiladi. Yigit esa qizning tovlamachiligi haqida IIBga xabar beradi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida pul talab qilayotgan ayol 1,5 mln so‘m olganida ushlandi.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish ochilgan. Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.
LiveBarchasi