Toshkentda “Dersu” laqabi bilan tanilgan bezori qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
07 avgust 8764 2 daqiqa
Toshkentda aka-ukalarning kottej savdosi bilan bog‘liq tovlamachiligiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs hamda uning 1988 yilda tug‘ilgan ukasi o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaro tomonidan Toshkent tumanida qurilgan kottej uyni 66 000 AQSH dollariga sotib olishga kelishgan.
Dastlab ular uy egasiga 30 000 AQSH dollari berib, qolgan 36 000 AQSH dollarni 6 oy muddat ichida berishlarini aytgan hamda 2022 yilning may oyida kottejni 1976 yilda tug‘ilgan o‘z akasi nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olgan. Biroq, keyinchalik aka-uka qolgan 36 000 AQSH dollarni bermasliklarini aytib, agarda pulni so‘rasa, fuqaroga nisbatan tazyiq o‘tkazish bilan qo‘rqitgan.
Shundan so‘ng, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan aka-uka qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bildirilishicha, hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
QALAMPIR.UZ'ga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Toshkentda "Dersu" laqabi bilan tanilgan ko‘cha bezorisi va uning ukasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘zini yuqori lavozimdagi shaxslarga hamda Prezident oilasiga “yaqinligi”ni da’vo qilgan va yirik miqdordagi firibgarlik, tovlamachilik va pora berishga dalolat qilishda ayblangan uyushgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan sud hukmi chiqarilgandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust