Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
05 iyul 7726 1 daqiqa
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi 2500 dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Paxtachi tumanidagi MCHJlardan biriga qarashli g‘isht zavodida nazorat tekshiruvini amalga oshirish vaqtida aniqlangan kamchiliklarni bo‘rttirib, go‘yoki 226 mln so‘mlik sifatsiz g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilinganligini aytgan.
Shundan so‘ng, o‘tkazilgan tekshiruv yuzasidan tuzishi lozim bo‘lgan bayonnomada ushbu 226 mln so‘m jarimani 25 mln so‘mgacha kamaytirish evaziga 3 000 AQSH dollari talab qilgan. DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bosh mutaxassis o‘z xizmat xonasida 2500 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumani kadastr xodimi davlat zaxirasidagi yer maydonini 1,1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, fuqarodan 300 mln so‘m pora olayotganda ushlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr