Namanganda elektr tarmoqlari xodimlari $2,5 ming pora bilan qölga tuşdi
3-sahifa
−
18:45 382 2 daqiqa
Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining Yangi Namangan tumani bölimi boşliği va ustasi 2,5 ming AQŞ dollari pora olayotgan vaqtda uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, bölim boşliği F.A. va usta A.A. özaro til biriktirib, fuqaro B.K. ga tegişli “Gözal” MFY hududidagi noturar binoda örnatilgan elektr hisoblagiç nosoz ekanini aytgan. Ular uşbu holat böyiça dalolatnoma rasmiylaştirilsa, fuqaroga 300 million söm jarima qöllanilişini bildirgan.
Şundan söng, ular 4 ming AQŞ dollari evaziga dalolatnoma rasmiylaştirmaslikni taklif qilgan. Tezkor tadbir davomida kelişilgan pulning 2,5 ming dollarini olayotgan vaqtda har ikkisi aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) va 212-moddasi (pora oliş-berişda vositaçilik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazmda “Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun 6 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi