Samarqandda ikki hamshirani kaltaklagan ayolga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 fevral kuni Samarqand viloyati Payariq tumanidagi shifoxonaning rejali xirurgiya bo‘limidagi xodimlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat sudi matbuot kotibi Sadriddin Nabiyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 8 avgust kuni mazkur jinoyat ishi yuzasidan Payariq tumanidagi 1-sonli Chelak tibbiyot birlashmasida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda jabrlanuvchi ikki tibbiyot xodimi (ayol) sudlanuvchi A.N.ning jarrohlik bo‘limiga oilaviy o‘rnashib olganini aytib, boshqa bo‘limga o‘tkazilishi, shuningdek, unga qonuniy jazo berilishini so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, A.N. Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi Alaqarg‘a qishlog‘ida joylashgan poliklinikada hamshirani haqoratlagan fuqaro 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Payariq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing