Samarqandda ichimlik va oqova suv narxi oshadi

Jamiyat

image

2025 yil 1 apreldan Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining “Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari viloyat kengashi kecha, 24 mart kuni ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi narxlarni tasdiqlagan. Unga ko‘ra, bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha belgilangan:

  • aholi uchun — 2800 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 6700 so‘m.

Oqova suv xizmati uchun:

  • aholi uchun — 1900 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 5300 so‘m.

Bunda aholi hamda byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik va oqova suv narxlari QQSsiz hisoblangan.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Akmal Shukurov zimmasiga yuklangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati hududida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari qimmatlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand suv ichimlik oqova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing