Samarqandda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
22 Oktabr
7245Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. QALAMPIR.UZ hodisaga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 22 oktyabr kuni soat taxminan 05:52 larda Qo‘shrabot tumani “Mustaqillik” MFY G‘afur G‘ulom ko‘chasi 7-uy 6-xonadonda ro‘y bergan. Ushbu xonadonda yashagan fuqarolar – 1972 yilda tug‘ilgan R.S., 1969 yilda tug‘ilgan M.I., 2002 yilda tug‘ilgan F.X. va voyaga yetmagan 2007 yilda tug‘ilgan D.X.lar tabiiy gazdan zaharlanish va uyda kelib chiqqan yong‘in oqibatida kuyish tan jarohatlari bilan vafot etgan.
Tuman prokuraturasi tomonidan vafot etgan shaxslarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada bir erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgandi. Fojiaga marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani sabab bo‘lgani aytilgandi.