Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQSHga yuborayotgan firma rahbari ushlandi
3-sahifa
−
27 Sentabr 2025 4817 1 daqiqa
Samarqand viloyatida Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasining rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 fuqaroning ishonchiga kirib, zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda ularni Meksika orqali AQSHga yuborish evaziga har biridan 32 ming dollardan, jami 96 ming dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda firma rahbari oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fuqaro noqonuniy yo‘llar bilan boshqa bir shaxsni Meksika orqali AQSHga jo‘natish uchun 200 million so‘m talab qilgandi.