Samarqandda erkak 6 yashar o‘gay o‘g‘lini kamar bilan urdi
3-sahifa
−
28 iyun
7659Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kichik yoshdagi bolani kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni kuzatuvga olganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 23 iyun kuni Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan Toyloq tumanida yashovchi erkak o‘zi bilan birga 2024 yildan shar’iy nikohda bo‘lgan T.D. ning 6 yashar o‘g‘lini yashash xonadoni hovlisida qo‘lida bo‘lgan kamar bilan kaltaklagan.
Holat yuzasidan 24 iyun kuni tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Voyaga yetmagan O.E. da tan jarohatlari aniqlanib, hozirda bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu borada sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, erkak Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ruhiyatida o‘zgarishlar borligi aniqlanib, Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va uning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda. Bu haqda qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi