Samarqandda Epica ko‘prikdan quladi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 20 metrlik ko‘prikdan katta tezlikda kelayotgan mashina pastga qulab tushgani voqeasi bilan bog‘liq video tarqaldi.

Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasida sodir bo‘lgan ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan viloyat YHXB quyidagilarni ma’lum qildi.

“2019 yil 1 oktyabr kuni soat 00:30 larda Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasida haydovchi – 1995 yilda tug‘ilgan, Bog‘imaydon-2 mahallasida yashovchi Dilshod Davronov boshqaruvida bo‘lgan Epica rusumli, 30 Q 104 LA davlat belgili avtomashinasining boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilib ketgan va YTH sodir etgan. Oqibatda avtomashinada bo‘lgan haydovchi hamda yo‘lovchi – 1994 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahri Bog‘imaydon-2 mahallasida yashovchi Doniyor Ahadov tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yotqizilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan YXXB ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi inspektori B.Rofeyev tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand ko'prik

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing