Samarqandda elektr jihozlarini xarid qilishda davlat pullari talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Samarqandda elektr jihozlarini xarid qilishda qariyb 5,5 mlrd so‘m mablag‘lar talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

2017-2019 yillarda manzilli Dastur ijrosi yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga “O‘zelektroapparat-Elektroshit” AJ va Toshelektroapparat” MCHJdan elektrotexnik jihozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali maqbul (optimal) narxlarda sotib olishga ruxsat berilgan.

Biroq jamiyat mansabdor shaxslari elektrotexnik jihozlarni sotib olish haqida boshqa MCHJlar bilan shartnomalar tuzib, 5,4 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, jamiyat mansabdorlari tomonidan transformator podstansiyalari 1,3 mlrd so‘mga boshqa korxonadan qimmat narxda sotib olingan. Bu bilan davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan "Samarqand HETK" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand talon-taroj

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing