Samarqandda davlatga 4 mlrd so‘m zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi
3-sahifa
−
26 dekabr 2023
5568Samarqand viloyatida davlatga 4 mlrd so‘m zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘linmasi tomonidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi 48 yoshli (ayol) A.G. noqonuniy mayning ferma tashkil qilgani aniqlangan.
Ushbu mayning ferma elektr tarmog‘idan noqonuniy foydalanishi oqibatida 4 mlrd so‘mga yaqin moddiy zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192 prim 11-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov, tezkor-qidiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192 prim 11-moddasi 2-qismi “a” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avval ham Samarqand shahrida tizimga 9 mlrd 852 mln so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma aniqlanib, uning faoliyatiga chek qo‘yilgandi.
LiveBarchasi