Samarqandda Damas va Isuzu to‘qnashdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Kecha, 1 iyul kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida Isuzu rusumli avtobus va Damas to‘qnashishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.

YTH soat 12:00 larda Payariq tumani “Eshmonsoq” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 26-km.da sodir bo‘lgan. “Jizzax-Gagarin-Samarqand-Payariq” yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobusning yo‘liga, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Damas rusumli transport vositasining chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

1

To‘qnashuv natijasida, Damas ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing