Samarqandda dahshatli YTH. Qurbon bor

3-sahifa

image

Samarqandda dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Unda 1 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi. 

YTH joriy yilning 18 dekabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan.

Katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Damas avtomobili qizil chiroqda to‘xtamay, Lada avtomobiliga kelib urilgan. Oqibatda, Lada haydovchisi kuchli zarba ta’sirida tashqariga otilib ketgan.

Lada haydovchisi va Damas avtomobilining 2 ta yo‘lovchisi tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Lekin olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida Lada haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

380

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing