Samarqandda blogerning avtomobili yoqib yuborildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik avtoblogerning transport vositasiga o‘t qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati QALAMPIR.UZ’ga holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Joriy yilning 16 dekabr kuni fuqaro M.B. Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, 16 dekabr kuni soat 02:30 larda o‘zining yashash uyi yonida bo‘lgan avtomobili noma’lum shaxs tomonidan yoqib yuborilganini ma’lum qilgan. Fuqaro ushbu noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.  

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 173-moddasi 2-qism “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

837

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing