Samarqandda bir guruh shaxslar fuqaroning qo‘ylarini so‘yib, unga tahdid qildi (video)
3-sahifa
−
13 may 2023
7881Samarqand viloyati Samarqand tumanida fuqaroning 6 bosh qo‘yini bo‘g‘izlab, egasiga tahdidomuz xat qoldirgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21 aprel kuni tumanning “Badal” mahallasida yashovchi B.F.ga tegishli dehqon xo‘jaligi yer maydonidagi qo‘yxonaga noma’lum shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Talonchilar qo‘yxonadagi 12 bosh qo‘ylardan 6 donasini so‘yib, 3 donasini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini bildirib, xat qoldirib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor-qidiruv ishlari natijasida uch kishi ushlangan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilib, jinoiy guruh tashkilotchisini qo‘lga olish choralari ko‘rilayotgani aytilgan.