Samarqandda barcha ta’lim muassasalari uchun karantin 14 kunga uzaytirildi
Jamiyat
−
11 may 2021
3347Samarqand shahar hududida koronavirus infeksiyasini yuqtirish ko‘rsatkichi oshib borayotganligi sababli barcha ta’lim muassasalaridagi karantin muddati yana 14 kunga uzaytirildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqandda karantin muddatini yana 14 kunga uzaytirish to‘g‘risida qaror shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurish favqulodda komissiyasi tomonidan qabul qilingan.
“Samarqand shahar hududida infeksiyani yuqtirib olish ko‘rsatkichi bir necha barobar oshib borayotgani va uning tarqalishining oldini olish maqsadida komissiyaning navbatdagi qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 14 kunlik yangi karantin davri joriy etildi, ya’ni 10 maydan 25 mayga qadar shahardagi maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida dars jarayonlari onlayn shaklda davom etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ztamiz, 22 aprel kuni Samarqand shahridagi 31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangani sababli 14 kunga o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilgandi.