Samarqandda bank xodimi pora olayotganda ushlandi
3-sahifa
−
20 dekabr 2023
12108Samarqandda “Xalq banki”ning Payariq filiali Chelak bank xizmatlari markazi Kichik biznes bo‘limi bosh mutaxassisi pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.
“Xalq banki”ning Payariq filiali Chelak bank xizmatlari markazi Kichik biznes bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlovchi F.Q. 1 600 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Gap shundaki, u Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro Sh.J.dan turar-joy sifatida kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan Payariq tumanida joylashgan 0,20 gektar sotiladigan yer maydonini tuman hokimligida ishlovchi tanishi hamda uning tuman Kadastr bo‘limida ishlovchi ukasi orqali turar-joy hujjatlarini noturarga o‘tkazib berishini va’da qilgan. Ammo u so‘ralgan pullarni olayotganda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan bir necha mansabdor qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi