Samarqandda ayol ikki bolasi bilan o‘zini suvga tashladi. Go‘daklarning jasadi topildi
3-sahifa
−
18 aprel
11374Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ayol ikki nafar go‘dak farzandi bilan o‘zini suvga tashlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, Toyloq tumanidagi "Darg‘om" kanalidan 4 yoshli qiz va 1 yoshli bolaning jasadi topilgan. Hozirda ayolni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Unga ko‘ra, 2024 yil 15 aprel kuni Urgut tumanida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, Samarqand shahrida yashovchi kelini I.Ya. ikki bolasi bilan uydan noma’lum tomonga chiqib ketganini aytgan. 16 aprel kuni Darg‘om kanalining Toyloq tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismidan 4 yoshli qizaloq va 1 yoshli o‘g‘il bolaning jasadi topilgan.
Hozirda 24 yoshli ayolni viloyat FVB, IIB va boshqa idoralar bilan hamkorlikda izlab topish choralari ko‘rilmoqda.
"Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan 2024 yil 16 aprel kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi