Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Voqea 13 iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani M.Ulug‘bek mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon Trakt” avtomobil yo‘lining 94-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Midibus SAZ NP 21 rusumli avtomobilida “Payshanba-Kattaqo‘rg‘on shahar” yo‘nalishida harakatlanib kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan chap tomondan o‘ng tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 

Oqibatda piyoda tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyul kuni Toshkent shahrida o‘t o‘chirish uchun ketayotgan yong‘in-qutqaruv maxsus transport vositasi yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand piyoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made