Samarqandda aqidaparastlik ruxidagi materiallarni tarqatgan yigit qamaldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida Telegram guruh ochib, unda ekstremistik va aqidaparastlik ruxidagi materiallarni tarqatgan yigit qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Nurabod tumanida yashovchi 19 yoshli yigit Telegram ijtimoiyoiy tarmog‘idan foydalanib, “Yurak”,“Skripka”, “Ayiq” nomli guruhlar ochgan. Guruhga diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalari yo‘g‘rilgan materiallarni tashlab bogan.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, bu faoliyatini boshlaganiga bir yarim yildan oshgan. O‘zi tashlagan materiallarning ma’nosiga tushunmagan.  Kanalda taxminan 20-25 ta shu kabi qo‘shiq, videolar bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurtobod tumani sudida ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 244-1- moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi g bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
o‘qilga

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Termiz shahrida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan 26 yoshli yigitga jazolangandi. Yigit joriy yilning 2 iyulidan boshlab Telegram’da “Qur’on va xatim” nomli guruh tashkil qilgan. U 300 ming so‘m evaziga 37 kishiga diniy saboq berib kelgan. Sud qarori bilan yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasiga (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand aqidaparastlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing