Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
13 Oktabr 2025 4785 1 daqiqa
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi 2500 dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mutaxassis Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida xo‘jalikning 50 sotix yer maydonini ijaraga olib, foydalanayotgan fuqaro tomonidan yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligini aniqlagan va unga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga 3 ming dollar talab qilib, 500 dollarni avvaldan olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis qolgan 2500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Marhamat tumanida 15 ming dollar olgan hokimi o‘rinbosari qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025