Samarqandda 9,5 mlrd so‘mlik gaz “tuya qilindi”

3-sahifa

image

Samarqand shahridagi 9 ta ko‘p qavatli uyda qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uyda esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahridagi 136-144-sonli ko‘p qavatli uylar (9 ta) tabiiy gaz tarmog‘iga “Billing” dasturidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda ulanib olib, undan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

“Ushbu ko‘p qavatli uylar “A.B.” MCHJ tomonidan qurilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga qariyb 9 mlrd 535 mln so‘m (25 mln 90 ming 836 metr kub) zarar yetkazilgan”, deyiladi xabarda

Shuningdek, mazkur hududdagi 142-143-sonli ko‘p qavatli uylar elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, “PK-uchyot” bazasida ro‘yxatdan o‘tmagan holda noqonuniy foydalanib, tizimga 64 mln 800 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing