Samarqandda 8000 namozxonni sig‘dira oladigan masjid ochildi
Jamiyat
−
14 mart 2021
7585Kecha, 13 mart kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo etilgan “Urgut” markaziy jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Urgut tumani hokimi Botir Jabborov ham qatnashdi.
Musulmonlar idorasi xabariga ko‘ra, tadbir avvalida qurbonlik so‘yildi va Qur’oni Karim oyatlari tilovat qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, yangi masjid qiblasi mutaxassislar quyoshning yozgi eng so‘nggi botish va qishdagi eng so‘nggi botish nuqtalari hisobga olinib, ushbu ikki nuqta orlig‘i uch qismga bo‘lib, chap tomondagi bo‘lak belgilandgan. Shuningdek, kechasi Oltin qoziq yulduziga qarab mo‘ljal olingan.
Masjid maydoni bir gektardan oshiq, xonaqosining hajmi 45x55 metr, ya’ni 2500 kv/m.ni tashkil qiladi. Jome ikki qavatdan iborat bo‘lib, 8000 nafarga yaqin namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Xonaqoh o‘rtasida 34 metrli baland gumbaz qad rostlagan. Uning aylanasi 18 metrni tashkil etadi.
Masjidning to‘rt tomonida ikkitasi 40 metrli va yana ikkitasi 43 metrli bo‘lgan to‘rt minora qurilgan. Zamonaviy tahoratxonadan bir vaqtning o‘zida 100 kishi foydalanishi mumkin. Masjid xodimlari uchun 2 qavatli ma’muriy bino barpo etilgan.
Avvalroq, Toshkentda bir vaqtda 4 000 namozxonni sig‘dira oladigan “Siroj solih” masjidi ochilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi