Samarqandda 7 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 7 sentyabr kuni Samarqand viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 15:00 larda Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy, ichki avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.M. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2013 yilda tug‘ilgan S.S.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, voyaga yetmagan, 7 yoshli S.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing