Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi “Jiguli” ariqqa tushib ketdi. Bola vafot etdi
3-sahifa
−
25 Oktabr
4881Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini minib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketdi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 16 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. O‘quvchi Oqtosh mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda “Jiguli” mashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. O‘quvchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. U yerda 17 oktyabr kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, dastlabki surishtiruv harakatlari boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida ikki piyoda vafot etgandi. Holat soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda 1953 yilda tug‘ilgan S.K. va 1960 yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborishi va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxt poyasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.