Samarqandda 50 yashar velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Samarqandda avtomobil yo‘lini velosipedda kesib o‘tayotgan 50 yashar erkak YTHga uchrab, oqibatda voqea joyida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 12 dekabr kuni taxminan soat 19:45 larda sodir bo‘lgan. Fuqaro 28 yoshli S.M. Matiz rusumli avtomashinasida “M-39” “Olma ota-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘li bo‘ylab “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida, yo‘lning Jomboy tuman “Qoramo‘yin” mahallasi hududidagi 1061 kmda piyodalar o‘tish joyidan chapdan o‘ng tomonga kesib o‘tayotgan velosipedchi 50 yoshli H.B.ni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan. Natijada velosipedchi H.B. tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

29

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing