Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlaganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 3 ta qoidabuzarlik oqibatida 5,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toyloq tumanida joylashgan “S.Sh.O.” fermer xo‘jaligi foydalanilgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelishi oqibatida ta’minot korxonasiga 4 mlrd 637 mln so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu tumandagi "P.A.O." MCHJ (537,7 mln so‘m) "P.M.W." MCHJda (371,3 mln so‘m) tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 26,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan metalni qayta ishlash zavodi fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing