Samarqandda 3 ta avtomobil va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
3-sahifa
−
23 avgust
4873Samarqand viloyati Paxtachi tumanida uchta avtomobil va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, viloyatlararo qatnovchi Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelib, qayrilayotgan Tracker’ga urilgan va aylanib ketgan. Oqibatda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 hamda avtobusning old qismiga urilgan. Hodisa sabab Cobalt yo‘lovchisi voqea joyida, haydovchi esa shifoxonada vafot etdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida uchta avtomobil va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.