Samarqandda 26 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 26 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 14 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugun Samarqand viloyatida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Samarqanddan viloyatidan (Samarqand shahri, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridan 7 nafardan, Ishtixon va Payariq tumanlaridan 2 nafardan, Samarqand tumanidan 1 nafari) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 8 nafari erkak, 18 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Ma’lumot uchun, Viloyatda shu paytga qadar 103 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 129 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun kunning birinchi yarmida jami 60 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2620 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 11 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made